locale OZ

CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 yakuniga yetdi

Eron — chempionat g‘olibi bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 yakuniga yetdi
photo: sport vazirligi

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan o‘tkazilgan CAVA WOMEN’S VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida barcha ishtirokchi jamoalar, murabbiylar va hakamlar sahnaga taklif etilib, faol ishtirok etgan jamoalar, eng yaxshi o‘yinchilar hamda hakamlar maxsus sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandilar.

Marosimda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Bekmurod Abdullaev, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi rektori - Ilhomjon Tursunaliyev, Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Olimov, Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) vakili, VIS delegatsiyasi a’zosi - Morteza Afjeh va faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra:

Eron — chempionat g‘olibi bo‘ldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston — kumush medal bilan taqdirlandi.
Qirg‘iziston — bronza medal sohibiga aylandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting