locale OZ

CAVA Beach Volleyball Championship 2026 doirasida hakamlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) hamda O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi hamkorligida 2 kunlik xalqaro hakamlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 CAVA Beach Volleyball Championship 2026 doirasida hakamlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
photo: Voleybol Uzbekistan

Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) hamda O‘zbekiston Voleybol Federatsiyasi hamkorligida 2 kunlik xalqaro hakamlik o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminar musobaqa boshlanishidan avval start olib, chempionat davomida ham davom ettirildi. Unda hakamlar sohil voleybolining amaldagi xalqaro qoidalari, hakamlik amaliyoti, o‘yin jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan bahsli vaziyatlar hamda ularni xalqaro standartlar asosida hal etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar.

🏖Mazkur seminar hakamlarning kasbiy mahoratini oshirish, xalqaro tajribani ommalashtirish hamda CAVA mintaqasida sohil voleyboli hakamligi sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting