Carukyan: Kamar uchun jang qilmaganimni adolatsizlik deb bilmayman
UFC’ning yosh va iqtidorli jangchisi Arman Carukyan unga 70 kg gacha bo‘lgan toifada chempionlik jangi berilmayotgani masalasiga munosabat bildirdi.
— Siz mag‘lub etgan Charles Oliveira hozir Topuriya bilan kamar uchun jang qiladi. Bu vaziyatni o‘zingizning manfaatlaringizga nisbatan adolatsizlik deb hisoblamaysizmi? — degan savolga Carukyan shunday javob berdi:
— Yo‘q, men bunday deb o‘ylamayman. Chunki chempionlik jangini o‘z qo‘lim bilan boy berdim. Oliveira mening ortimda edi, ammo u noyabrda Chandler’ni mag‘lub etgan va o‘z navbatida yaxshi imkoniyatni qo‘lga kiritgan. Endi u kamar uchun jang qilmoqda — buni to‘liq tushunaman.
Topuriya esa yarim engil vazn toifasidan yuqori toifaga o‘tgan va unga ham shunday imkoniyat kerak. Men bunday vaziyatni avvaldan ko‘zlaganman. Hozircha kutishga to‘g‘ri keladi, — dedi Carukyan.