locale OZ

Cadet European Cup 2026 turnirida qatnashgan o‘smirlarimizning ishtiroki tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama qilindi

Antaliya turnirida 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritgandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Cadet European Cup 2026 turnirida qatnashgan o‘smirlarimizning ishtiroki tahliliy-tanqidiy ruhda muhokama qilindi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan kadetlar o‘rtasidagi Millennium Team Cadet European Cup 2026 turnirida ishtirok etgan terma jamoamiz dzyudochilari va ularning murabbiylari bilan suhbatlashdi.

ZOOM platformasida onlayn tarzda o‘tgan muloqotda kadetlarimizning Yevropa Kubogidagi ishtiroki ko‘rib chiqildi. Azizjon Kamilov terma jamoadagi intizom, har bir bellashuvga bo‘lgan munosabatni tanqid ostiga oldi. Bu yo‘nalishda dzyudochilar bilan mashg‘ulotlarda jiddiy ish olib borish kerakligi murabbiylarga uqtirildi. Kelgusi musobaqalarda bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi aytildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Antaliya turnirida 3 ta oltin, 4 ta kumush, 5 ta bronza, jami 12 ta medal qo‘lga kiritgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting