Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026. Yoshlarimiz birinchi kun 7 ta vazndan 6 tasida chempion bo‘lishdi
Poytaxtimizning Olimpiya shaharchasi mezbonlik qilayotgan Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasining yoshlar o‘rtasidagi ilk kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Olti yuz nafardan ziyod dzyudochi qatnashayotgan Osiyo ochiq kubogining birinchi kuni 7 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Kadetlarimiz singari yoshlarimiz ham raqiblaridan sezilarli darajada ustun ekanliklarini birinchi kungi bellashuvlardayoq amalda isbotlashdi.
Arena bo‘ylab olti bor O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Musobaqaning birinchi kun asosiy qahramonlariga aylangan dzyudochilarimizning g‘alabalari sharafiga davlatimiz bayrog‘i arena uzra qayta-qayta ko‘tarildi.
Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:
-60 kg vazn toifasi (70 ishtirokchi)
1. Muhammadjon Masharipov (O‘zbekiston)
2. Muhammadqodir Shodmonov (O‘zbekiston)
3. Dilshod Karimov (O‘zbekiston)
3. Arapbay Daurbayev (O‘zbekiston)
-66 kg vazn toifasi (73 ishtirokchi)
1. Amirxon Nizomaddinov (O‘zbekiston)
2. Izzatbek Ro‘zimatov (O‘zbekiston)
3. Habibullo Muhammadrofei (Tojikiston)
3. Yosin Bobokalonov (Tojikiston)
-73 kg vazn toifasi (61 ishtirokchi)
1. Inoyat Telmanov (O‘zbekiston)
2. Sanjarbek Ashurov (O‘zbekiston)
3. Javlonbek Yusupov (O‘zbekiston)
3. Miras Issabayev (Qozog‘iston)
QIZLAR
-48 kg vazn toifasi (20 ishtirokchi)
1. Dilrux Hasanova (O‘zbekiston)
2. Zarina Jamalova (O‘zbekiston)
3. Zere Otepkali (Qozog‘iston)
3. Mohinur Ollaberganova (O‘zbekiston)
-52 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)
1. Sabina Azamatova (O‘zbekiston)
2. Nargiza Do‘stmamatova (O‘zbekiston)
3. Madina Qurbonzoda (Tojikiston)
3. Saodat Qoraboyeva (O‘zbekiston)
-57 kg vazn toifasi (19 ishtirokchi)
1. Kan Aleksandra (Tojikiston)
2. Janar Joldosheva (Qirg‘iz Respublikasi)
3. Mohinur Allaberganova (O‘zbekiston)
3. Ramajon Saparova (O‘zbekiston)
-63 kg vazn toifasi (17 ishtirokchi)
1. Adina Abilhasimova (O‘zbekiston)
2. Gulasal Oblokulova (O‘zbekiston)
3. Charosoy O‘ktamboyeva (O‘zbekiston)
3. Nuray Jengis (Qozog‘iston)