Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasiga qur’a tashlandi
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi to‘rt kun davomida kadetlar va yoshlarning katta dzyudo bayramiga mezbonlik qiladi.
28-29 may kunlari Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan Osiyo Kubogining kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlari o‘tkazilsa, 30-31 may sanasida yoshlar orasida kuchlilar aniqlanadi.
Musobaqada yurtimiz dzyudochilaridan tashqari, Rossiya, Ozarbayjon, Gruziya, Eron, Mo‘g‘uliston, BAA, Qozog‘iston, Xitoy Taypeyi, Hindiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni kabi davlatlardan kelgan 1200 nafardan ziyod sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Biroz avval Cadet and Junior Asian Cup Tashkent 2026 musobaqasiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Osiyo dzyudo ittifoqi (JUA) Referi direktori Akinobu Osako, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) yetakchi mutaxassisi Abdullo Muradov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi Bosh kotibi Aziz Sobirov ishtirok etdi.