locale OZ

Buxoroda zamonaviy qilichbozlik sport zalining qurilishiga start berildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda zamonaviy qilichbozlik sport zalining qurilishiga start berildi
PHOTO: Telegram

Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirish maqsadida zamonaviy sport zalining qurilishi boshlandi.

Umumiy qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etadigan ushbu loyiha doirasida 42x20 metr o‘lchamdagi, barcha zaruriy infratuzilmalar bilan jihozlangan zamonaviy sport majmuasi barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur sport zali yosh sportchilar uchun qulay sharoitlar yaratib, ularning professional darajada shug‘ullanishiga keng imkoniyatlarni ochib beradi.

Bu esa, o‘z navbatida, Buxoroda qilichbozlik sportini ommalashtirish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etuvchi iqtidorli sportchilarni tayyorlashda muhim omil bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting