locale OZ

Buxoroda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining hududiy bahslari bo‘lib o‘tmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining hududiy bahslari bo‘lib o‘tmoqda
PHOTO: Telegram

Buxoro tumanida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining mintaqaviy bosqichi doirasida dzyudo bahslari o‘tkazilmoqda.

Musobaqaning final bosqichiga yo‘l olgan g‘olib va sovrindorlar tantanali tarzda taqdirlandi. Ushbu musobaqa yosh avlodni sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mirali Sharipov, Akram va Akbar Azimov murabbiyligidagi Buxoroning "Minor Judo Club" tarbiyalanuvchilaridan Abdukabir Salomov (-60 kg), Dilshod Salomov (-66 kg), Asilbek Obidov (-55 kg) va Parizoda Narzullayeva (-63 kg) o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting