locale OZ

Buxoroda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” bahslari qizg‘in pallada

Qog‘ondagi mintaqaviy saralashda yosh sportchilar mahorat sinovidan o‘tdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqasining saralash bosqichlari davom etmoqda. Qogon tumanida joylashgan sport kurashlariga ixtisoslashtirilgan zalda musobaqaning sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qogon shahri, Qogon tumani hamda Qorovulbozor tumanidan tashrif buyurgan yosh sportchilar o‘zaro kuch sinashdilar.

Tadbirda Buxoro viloyati prokurori, O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limi rahbari Ulug‘bek Hamdamov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i U. Najimiddinov, Qogon tumani hokimi Otabek Qozoqov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Musobaqa yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindor sportchilar medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting