locale OZ

Buxoroda \"Oʻzbekiston dzyudo tur\" doirasidagi ilk musobaqalar boshlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda "Oʻzbekiston dzyudo tur" doirasidagi ilk musobaqalar boshlandi
Buxoroda "Oʻzbekiston dzyudo tur" doirasidagi ilk musobaqalar boshlandi

12 aprel kuni Buxoro tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabida "Oʻzbekiston Dzyudo Tur" seriyasidagi birinchi musobaqalar start oldi. Erkaklar oʻrtasidagi bellashuvlarda -81 kg, -90 kg, -100 kg va +100 kg vazn toifalari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Gʻolib va sovrindorlar medallar bilan bir qatorda pul mukofotlari ham oladi.

Buxoro bosqichi uchun ajratilgan umumiy mukofot jamgʻarmasi 200 million soʻmni tashkil etadi. Oʻz vaznida gʻolib chiqqanlar 22 million, ikkinchi oʻrin sohiblari 14 million, bronza medali egalari esa 7 million soʻmdan qoʻlga kiritadi.

Eslatib oʻtamiz, 11 apreldan boshlab Yevropada dzyudo boʻyicha kubok musobaqalari oʻtkazilmoqda. Sanjarbek Ashurov ushbu turnirdagi ilk jangida gʻalaba qozondi - u -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilib, yunon dzyudochisi Panayotis Dimitrakasni magʻlub etdi. Dilshod Karimov (-60 kg) esa ikkinchi bosqichda IJF bayrogʻi ostida qatnashgan David Ramonov ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting