locale OZ

Buxoroda nufuzli xalqaro ayollar shaxmat turniri yakunlandi

7 nafar xorijlik va 3 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda nufuzli xalqaro ayollar shaxmat turniri yakunlandi
Фото: Chess Uzbekistan

Joriy yilning, 9–14 mart kunlari Buxoro shahrida shaxmat bo‘yicha umumiy mukofot jamg‘armasi 70 000 AQSh dollarini tashkil etgan “Women’s Chess Championship” IV nufuzli xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada dunyoning 14 ta davlatidan 118 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. Mazkur nufuzli turnir ilk bor 3 ta guruhda tashkil etildi.

Masters – FIDE reytingi 2450 va undan yuqori bo‘lgan hamda tashkilotchilar tomonidan taklif etilgan 7 nafar xorijlik va 3 nafar o‘zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etdi.

Masters guruhi natijalariga ko‘ra:

1-o‘rin – Ulviya Fatalieva (Ozarbayjon) – 6,5 ochko
2-o‘rin – Nana Dzagnidze (Gruziya) – 6 ochko
3-o‘rin – Harika Dronavalli (Hindiston) – 5,5 ochko

Challengers guruhi natijalari:

1-o‘rin – Diana Xafizova (Rossiya) – 7 ochko
2-o‘rin – Anastasiya Bodnaruk (Rossiya) – 7 ochko
3-o‘rin – Bat-Erdene Mungunzull (Mongoliya) – 6,5 ochko

Futures guruhi natijalari:

1-o‘rin – Sitora Saparova (O‘zbekiston) – 8 ochko
2-o‘rin – Malika Jumaeva (O‘zbekiston) – 7 ochko
3-o‘rin – Nurelina Tursunalieva (Qirg‘iziston) – 7 ochko.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting