Buxoroda gandbol bo’yicha O’zbekiston kubogi musobaqasi o’tkazilmoqda
Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar (U-14) o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashmoqda. Tantanalı ochilish marosimi doirasida ko‘rgazmali chiqishlar hamda san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan musiqiy dasturlar musobaqaga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ayni paytda musobaqaning bellashuvlari qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda. Ushbu musobaqa yosh sportchilarning mahoratini oshirish, gandbol sport turini yanada rivojlantirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist