locale OZ

Buxoroda CAVA College University Volleyball Championship 2025 ochilish marosimi boshlandi

Maydonda ishtirokchi jamoalar saf tortib, o‘z davlat bayroqlari ostida qad rostlagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda CAVA College University Volleyball Championship 2025 ochilish marosimi boshlandi
photo: Voleybol Uzbekistan

Buxoroda “CAVA College University Volleyball Championship 2025” ochilish marosimi boshlandi.
Ayni damda Buxoro shahridagi “UNIVERSAL” sport majmuasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng kuchli voleybol jamoalari ishtirokida yirik xalqaro musobaqa — “CAVA College University Volleyball Championship 2025” chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazilmoqda.

Maydonda ishtirokchi jamoalar saf tortib, o‘z davlat bayroqlari ostida qad rostlagan. Sport ixlosmandlari, mehmonlar va ommaviy axborot vositalari vakillari zalni to‘ldirib, musobaqaning ochilish lahzalarini katta qiziqish bilan kuzatishmoqda.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi oʻrinbosari Jamshid Fayziyev Shukrulloyevich hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Komilovich Zaripov boshchiligidagi barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting