locale OZ

Buxoroda — CAVA College University Volleyball Championship 2025 davom etmoqda

Musobaqa davom etmoqda — eng kuchli jamoalar final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoroda — CAVA College University Volleyball Championship 2025 davom etmoqda
photo: Voleybol Uzbekistan

Bugun Buxoro shahrida o‘tkazilayotgan CAVA COLLEGE UNIVERSITY VOLLEYBALL CHAMPIONSHIP 2025 musobaqasiga O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi Aziz Anvarovich Tashpulatov tashrif buyurdi.

Aziz Anvarovichga rais oʻrinbosari Jamshid Fayziyev hamrohlik qilib, o‘tkazilayotgan o‘yinlar va O‘zbekiston terma jamoasining natijalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Aziz Anvarovich o‘yinlarni yaqindan kuzatdi, ishtirokchi jamoalar bilan suhbatlashdi va yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatladi. U bunday musobaqalar voleybolni ommalashtirish, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish hamda yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, federatsiya raisi XIU va Turkmaniston terma jamoalari o‘yinlarini tomosha qildi. O‘yindan so‘ng O‘zbekiston va Turkmaniston terma jamoalari a’zolari bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbat olib bordi hamda g‘alaba bilan tabrikladi.

Musobaqa davom etmoqda — eng kuchli jamoalar final yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting