Buxoro viloyatida sport sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Buxoro viloyati hokimligida viloyat hokimi Botir Zaripov hamda Sport vaziri Adkham Ikramov boshchiligida viloyatda sport sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, sport ta’lim muassasalari rahbarlari, sport federatsiyalari va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida 2025-yilda viloyatda sport sohasida erishilgan natijalar, mavjud kamchiliklar hamda 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Shuningdek, aholini ommaviy sportga keng jalb etish, “Prezident olimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish hamda “Besh tashabbus” olimpiadasi qamrovini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mahallalarga biriktirilgan trener-seleksionerlarning iqtidorli sportchilarni saralab olishda tutgan oʻrni tahlil qilindi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbar va mas’ul tashkilotlarga soha oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar belgilab berildi.