locale OZ

Buxoro viloyatida dzyudo sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Murabbiylarning taklif va mulohazalari tinglandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buxoro viloyatida dzyudo sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Фото: Спорт вазирлиги

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov Buxoro viloyatida bo‘lib, ushbu hududda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, dzyudo sporti uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish, istiqboldagi nufuzli musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, iqtidorli sportchilarni tanlab olish va ularni muntazam tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, murabbiylarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Shu bilan birga Azizjon Kamilov Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo‘limi sportchilari bilan uchrashib, ular uchun yaratilayotgan sharoitlarni o‘rgandi va sportchilar bilan suhbatlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting