Buxoro “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-iyundagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Uzbekistan Judo Tour” turkum musobaqalari start olmoqda.
Ilk musobaqaga 12-aprel kuni Buxoro viloyati mezbonlik qiladi. 2026-yilning yoziga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida “Uzbekistan Judo Tour” oʻtkaziladi.
Erkaklar oʻrtasida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada -81, -90, -100, +100 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi. Shohsupaga koʻtariladigan dzyudochilarni medal va diplomdan tashqari, pul mukofoti ham kutmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor