Buxoro «Uzbekistan Judo Tour» g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Buxoro tumanidagi sport majmuasi mukofot jamg‘armasi 300 million so‘mni tashkil etuvchi navbatdagi “Uzbekistan Judo Tour” musobaqasiga mezbonlik qildi.
Jami oltita (4 ta erkaklar, 2 ta ayollar) vazn toifasida tashkil etilgan turnirda yangi nomlar kashf etildi. Oltita vaznning teng yarmida chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan Xorazm viloyati terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.
“Uzbekistan Judo Tour” turnirining tantanali ochilish hamda taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ishtirok etdi.
Musobaqa g‘oliblari 22 mln, kumush medal sohiblari 14 mln, bronza medaliga sazovor bo‘lgan dzyudochilar 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
“Uzbekistan Judo Tour” g‘olib va sovrindorlari:
Ayollar. -57 kg vazn toifasi
1. Zuhra Alimova (Xorazm)
2. Dilnura Isroiljonova (Buxoro)
3. Rayhona Mamatova (Jizzax)
3. Umida Jumaniyazova (Qoraqalpog‘iston)
-70 kg vazn toifasi
1. Nigina Saparboyeva (Xorazm)
2. Azada Metedbayeva (Qoraqalpog‘iston)
3. Fotima Zokirova (Buxoro)
3. Farangiz Redjepova (Buxoro)
Erkaklar, -60 kg vazn toifasi
1. Muhammadjon Masharipov (Xorazm)
2. Kamoliddin Baxtiyorov (Toshkent shahri)
3. Dilshod Karimov (Buxoro)
3. Muhammadkarim Nosirov (Toshkent shahri)
-73 kg vazn toifasi
1. Nizomiddinxo‘ja Toshpo‘latov (Toshkent shahri)
2. Zamohshariy Bekmurodov (Buxoro)
3. Dilshod Hamroyev (Buxoro)
3. Bahrom Asadov (Buxoro)
-90 kg vazn toifasi
1. Sherbek Rashidov (Qashqadaryo)
2. Arslonbek Qodirov (Surxondaryo)
3. Amirbek Aminov (Buxoro)
3. Azamat Ablakulov (Samarqand)
+90 kg vazn toifasi
1. Islombek Ravshanqulov (Qashqadaryo)
2. Rustam Shoraxmatov (Sirdaryo)
3. Bahrom Sayitov (Buxoro)
3. Muhammadali Tangriyev (Toshkent shahri)