Buxoro sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
G‘olib va sovrindor sportchilarga medal, diplom hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Musobaqa doirasida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan eng kuchli polvonlar o‘zaro bellashib, yuqori sport mahoratini namoyish etdilar.
Taqqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, Buxoro viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i U. Najimiddinov hamda boshqa mas’ul rahbarlar ishtirok etishdi. G‘olib va sovrindor sportchilarga medal, diplom hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur chempionat mamlakatimizda sport kurashlarini ommalashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi munosib sportchilarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist