Buxoro shahrida U-19 voleybol bo‘yicha viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi
Mazkur nufuzli musobaqada viloyatning bir qator tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Voleybol Uzbekistan
Joriy yilning 17-yanvar kuni sportning voleybol turi bo‘yicha Buxoro shahrida U-19 yosh toifasidagi viloyat chempionati musobaqalari o‘tkazildi. Mazkur nufuzli musobaqada viloyatning bir qator tuman va shahar jamoalari ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Peshku tuman jamoasi
2-o‘rin — Olot tuman jamoasi
3-o‘rin — Buxoro shahar jamoasi
Mazkur g‘alaba natijasida Peshku tuman 2-son sport maktabi jamoasi joriy yilning 1–7-fevral kunlari Namangan viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan voleybol bo‘yicha U-19 yosh toifasidagi Respublika chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor