locale OZ

Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Butunjahon yengil atletika federatsiyasi Prezidenti O‘zbekistonga keldi
PHOTO: Telegram

Bugun Butunjahon para yengil atletika federatsiyasi prezidentu Pol Fitsjerald hamda tashkilot Bosh menejeri Martin Chorli amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Martabali mehmonlarni O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi kutib oldi.

Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — para yengil atletika bo’yicha 2027-yilgi Jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat. Shu maqsadda delegatsiya a’zolari dastlab poytaxtimizda barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasida bo’lib, majmuada para atletlar uchun yaratiladigan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

Shuningdek, mehmonlar dunyo birinchiligi paytida para sportchilarni o‘zida qabul qiluvchi mehmonxona hamda restoranlarda faoliyatini ham ko’zdan kechirishdi va Olimpiya shaharchasi hududida qurilayotgan "Paralimpiya markazi" loyihasi bilan ham tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, 2027-yilgi Jahon chempionati Los-Anjeles-2028 Paralimpiya o‘yinlariga to’g’ridan-to’g’ri yo‘llanma beruvchi musobaqa hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting