Butunjahon taekvondo kuni mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlandi
O'zbekistonning har burchagida taekvondo WT sporti bilan shug'ullanib kelayotgan yoshlar 4-sentyabr kuni Butunjahon taekvondo kuni munosabati bilan tashkil etilgan ommaviy fleshmoblarda ishtirok etib, o'z mahoratlarini namoyish etishdi.
Oʻzbek taekvondosining yulduzlari, shuningdek, yosh sportchilarning chiqishlari orqali aholi vakillari ham taekvondo WT sporti bilan yaqindan tanishganini alohida ta'kidlash lozim. Respublikamizning barcha viloyatilarida bo'lib o'tgan fleshmob tadbirlarida jami 4800 nafarga yaqin taekvondo ustalari ishtirok etishdi.
Hududlarda tashkil etilgan ommaviy taekvondo fleshmoblaridagi ishtirokchilar soni bo'yicha ma'lumot:
Andijon viloyati — 600 nafar
Namangan viloyati — 500 nafar
Buxoro viloyati — 470 nafar
Qoraqalpog'iston Respublikasi — 300 nafar
Jizzax viloyati — 350 nafar
Qashqadaryo viloyati — 480 nafar
Toshkent viloyati — 750 nafar
Toshkent shahri ("Tashkent City Mall" savdo majmuasida) — 100 nafar
Samarqand viloyati — 150 nafar
Xorazm viloyati — 200 nafar
Surxondaryo viloyati — 300 nafar
Farg'ona viloyati — 150 nafar
Navoiy viloyati — 260 nafar
Sirdaryo viloyati — 150 nafar.