locale OZ

\"Butunjahon taekvondo ittifoqi Prezidenti kubogi\"ning birinchi turniriga Toshkent mezbonlik qilganini bilarmidingiz?

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Butunjahon taekvondo ittifoqi Prezidenti kubogi"ning birinchi turniriga Toshkent mezbonlik qilganini bilarmidingiz?
PHOTO: Telegram

2017-yilning avgust oyida Toshkent shahridagi qarorgohimiz — "Universal" sport saroyida taekvondo WT bo‘yicha Osiyo mintaqasi uchun mo‘ljallangan I "WT President's Cup" musobaqasi bo‘lib o‘tgandi.

Bu mazkur toifada tashkil etilgan ilk turnir edi.

Uch kun davom etgan G2 klassifikatsiyasidagi xalqaro musobaqada 26 ta mamlakatdan tashrif buyurgan 620 nafar sportchi ishtirok etgan.

Qiziqarli ma’lumot sifatida ta’kidlash joizki, musobaqa davomida Butunjahon taekvondo ittifoqi prezidenti Chungvon Choyga Toshkent shahri faxriy fuqarosi hamda O‘zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori unvoni topshirilgan edi.

Janob Chungvon Choy esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga 9-dan faxriy qora belbog‘ni hadya etgan edi.

Bir necha kundan so'ng, terma jamoamiz mazkur turnirda yana bir bor g'oliblik uchun bahs olib boradi. Ayni damda sportchilarimiz musobaqa o'tkaziladigan Tayyan shahrida bo'lib turishibdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting