\"Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi\". Birinchi kunda 5ta medal!
"Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi". Musobaqaning ilk kunini 5 ta medal bilan yakunladik, Jasurbek Jaysunov va Marat Mavlonovda oltin!
Bugun Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo'yicha G3 klassifikatsiyasidagi "Butunjahon taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi"ning Osiyo mintaqasi uchun mo'ljallangan musobaqasi start oldi.

Ilk kun doirasida erkaklar o'rtasida +87 kg, -87 kg, -80 kg, -74 kg, ayollar o'rtasida esa -46 kg, -49 kg, -53 kg, hamda -57 kg vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi.
Unda Pavel Xan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining jami 13 nafar taekvondochisi dayangga ko'tarildi. Bellashuvlar yakunida vakillarimiz 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medalga ega chiqishdi.
Oltin:
Jasurbek Jaysunov (-80 kg)
Marat Mavlonov (+87 kg).
Kumush:
Shuhrat Salayev (-87 kg).
Bronza:
Yodgorbek Jo'raboyev (-87 kg)
Madina Mirabzalova (-57 kg).