Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Choy Olimpiya uyiga tashrif buyurdi
Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari janob Chungvon Choy Olimpiya uyida XOQning yangi prezidenti Kirsti Koventri bilan uchrashib, uning rahbarligidagi har ikki tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha suhbat qurdi.
Prezident Choy o'z tashkilotining gender tengligi va inklyuziyaga sodiqligi haqida tushuntirib, Olimpiya o'yinlarida hakamlar vakilligining gender muvozanatini ta'kidlab, davom etayotgan gumanitar tadbirlar orqali qochqinlarning imkoniyatlarini kengaytirish haqida gapirdi.
Janob Choy uchrashuv davomida Koventri xonimga 2026-yilgi Jahon chempionatilaridan birida ishtirok etishni taklif qildi. Lozannaga tashrifi doirasida Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Olimpiya muzeyida XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan ham uchrashganini ta'kidlash lozim.