Butunjahon Kurash kuniga bag‘ishlangan xalqaro aksiyaga start berildi
Butunjahon Kurash kuniga bag‘ishlangan xalqaro aksiyaga start berildi
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi tomonidan 6-sentyabr – Butunjahon Kurash kuni hamda IKA tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan dunyoning barcha milliy federatsiyalari va Kurash tashkilotlariga murojaat yo‘llandi.
Unga ko‘ra, federatsiyalar va Kurash klublari maxsus bayram banneri fonida surat va videolar tayyorlab, ularni IKAga taqdim etadilar. Shuningdek, Butunjahon Kurash kuni arafasida va bayram kuni ushbu materiallar ijtimoiy tarmoqlarda Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining rasmiy sahifalari belgilangan holda e’lon qilinadi.
Mazkur tashabbus dunyo Kurash hamjamiyatini yagona bayram atrofida birlashtirish, sportning xalqaro birdamlik va do‘stlik qadriyatlarini targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Aksiyada Osiyo, Yevropa, Afrika hamda Amerika qit’alaridagi mamlakatlar milliy federatsiyalari, Kurashchilari, murabbiylari va sport jamoalari faol ishtirok etadi.
Keling, Butunjahon Kurash kunini birgalikda nishonlaymiz!