«Bunyodkor» tarbiyalanuvchilari xalqaro turnirda g‘alaba qozonishdi
19-24 avgust kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida turkiy davlatlarning eng yaxshi akademiyalari o‘rtasida "Turan Cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Turkiyaning “Fenerbahche”, “Rizsespor”, Ozarbayjonning “Qarabog‘”, O‘zbekistonning “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalari, Qirg‘iziston terma jamoasi, Qozog‘istonning “Qayrat” hamda mahalliy “Kaspiy” jamoalari ishtirok etdi.
“Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilari musobaqa davomida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan chempion bo‘lishdi.
Guruh bosqichi:
"Bunyodkor" - "Fenerbahche" - 2:1
"Bunyodkor" - Qizg‘iz milliy Akademiyasi - 1:0
"Bunyodkor" - "Qayrat" - 3:0
Yarim final:
"Bunyodkor" - "Rizsespor" - 6:2
Final:
"Bunyodkor" - "Paxtakor" - 5:0
Farzod Sobirjonov (10 ta gol bilan) – turnirning “Eng yaxshi o‘yinchisi”
Kamron Qahramonov (jamoa sardori) – turnirning "Eng yaxshi himoyachisi" sovrinlariga ega bo‘lishdi.