locale OZ

Bugundan gandbol bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari boshlanadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugundan gandbol bo'yicha O'zbekiston kubogi bahslari boshlanadi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va Gandbol federasiyasining joriy yilgi sport musobaqalari kalendar rejasiga asosan, 21-28 may kunlari Toshkent shahrida gandbol bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkaziladi.

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining gandbol zalida uyushtiriladigan mazkur musobaqada Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari 2025 yilgi O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritish uchun maydonga chiqadi.

Demak, bir hafta mobaynida gandbolimiz ixlosmandlari mamlakatimizning eng kuchli jamoalari ishtirokida kechadigan qiziqarli va murosasiz uchrashuvlardan bahramand bo‘lishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting