locale OZ

Bugundan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Bugundan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi.
PHOTO: Telegram

Barcha xalqaro standartlarga javob beruvchi Samarqanddagi eshkak eshish kanaliga Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300ga yaqin baydarka va kanoechilarimiz mamlakat chempionatida g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda. Ushbu musobaqadan so‘ng murabbiylar shtabi har bir sportchini sinovdan o‘tkazib, xalqaro musobaqalarga qay darajada tayyor ekanliklarini bilib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Demak, shu kunlarda ko‘hna va boqiy Samarqandda yosh va istiqbolli eshkak eshuvchilarimiz O‘zbekiston chempioni bo‘lish uchun o‘zaro kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun yoshlar o‘rtasidagi (U18) O‘zbekiston chempionati 11-aprel kuni o‘z nihoyasiga yetadi va 12-aprel kunidan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi boshlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting