Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogidagi yurishini boshlaydi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida kecha start olgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Nodir Eliboyev boshchiligidagi terma jamoamiz “C” guruhi 1-turida qo‘shni Tojikiston terma jamoasiga qarshi parketga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida uzluksiz ishtirok etib kelayotgan to‘rtta jamoadan biridir. Shuningdek, Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari ham qit’a birinchiligini biror marta ham o‘tkazib yubormagan.
Terma jamoamiz Osiyo chempionatlarining eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi. Futzalchilarimiz qit’a birinchiligi tarixida 4 bor finalgacha yetib borgan va 4 marta vitse-chempion bo‘lgan. Shuningdek, 6 marta bronza medalini qo‘lga kiritgan.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogining final bosqichlarida jami 91 ta uchrashuv o‘tkazgan:
60 g‘alaba
8 durang
23 mag‘lubiyat