locale OZ

Bugun Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari boshlanadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk uchrashuvini o‘tkazadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Osiyo kubogi-2026 saralash bahslari boshlanadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Bugun qit'amiz bo‘ylab Osiyo kubogi-2026 saralash bahslariga start beriladi. 31 ta jamoa 8 ta guruhga taqsimlangan. 7 ta guruhda 4 tadan, bitta guruhda esa 3 ta jamoa 15 ta yo‘llanma uchun bahs olib boradi. Saralash bahslari 20-24-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bishkek shahrida o‘tayotgan F guruhi saralash bahslarida ishtirok etadi. Hamyurtlarimiz bugun ilk uchrashuvini Falastin terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. 22-sentabrda Sharqiy Timor, 24-sentabrda Qirg‘iziston terma jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi-2026 final bosqichi 2026-yilning 27-yanvaridan 7-fevraligacha Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting