locale OZ

Bugun Jahon chempionatida og‘ir vaznlilarimiz, xususan Muzaffarbek To‘raboyevning chiqishiga guvoh bo‘lamiz

Kunduzgi dastur saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Jahon chempionatida og‘ir vaznlilarimiz, xususan Muzaffarbek To‘raboyevning chiqishiga guvoh bo‘lamiz
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati yakkalik bahslarining so‘nggi kuniga yetib keldik.

Bugun musobaqaning yettinchi kuni erkaklar o‘rtasida +100, ayollarda esa +78 kg vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Og‘ir vaznlilar bellashuvida Umida Nig‘matova, Irisxon Qurbonboyeva va Olimpiya o‘yinlari sovrindori, jahon chempioni Muzaffarbek To‘raboyev yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.

Kunduzgi dastur saralash bellashuvlari bizning vaqt bilan soat 12:30da boshlanadi.

Kechagi kun doirasida hamyurtimiz To‘lqinbek Turdiyev (-100 kg) jahon reytingida ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallab turgan nomdor raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medali uchun bellashuvgacha yetib keldi va yakunda qimmatli 720 ochkoga ega bo‘lgandi.

Dzyudochilarimizning ilk davra bahslari:

+78 kg: Umida Nig‘matova — Nominzul Dambadarjaa (Mo‘g‘uliston)
+78 kg: Irisxon Qurbonboyeva — Izayana Marenko (Nikaragua)
+100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev — Irakli Demetrashvili (Gruziya)

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting