locale OZ

Bugun Buxoroda kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlanadi

Bugun O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun Buxoroda kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlanadi
Фото: Ўзбекистон Дзюдо Федерациясининг расмий канали

Uch kun davomida Buxoro shahridagi muhtasham "Universal" sport saroyi dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan jami 451 (312 erkak, 139 ayol) nafar dzyudochi belgilangan 14 ta (7 ta erkaklar, 7 ta ayollar) vazn toifasida medallar yo‘lida bahslarga kirishadi.

Bugun musobaqaning birinchi kuni erkaklar -60, -66, ayollar -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadi. Saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bloki 17:00da boshlanadi.

Bugun O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting