locale OZ

Bugun 4 nafar o‘zbekistonlik kurashchi gilamga chiqadi

Xorvatiya jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun 4 nafar o‘zbekistonlik kurashchi gilamga chiqadi
Фото: Olympic.uz

Xorvatiya poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun erkin va ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkaziladi.

Aktenge Keunimzhaeva hamda Ozoda Zaripboeva saralash bosqichida ishtirok etadi. Kecha yarim finalgacha yetib borgan Umidjon Jalolov bugun kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqadi. Uning ushbu bosqichdagi raqibi kun davomida aniqlanadi. Laylo Sobirova esa uchinchi o‘rin uchun o‘tish bosqichida qatnashadi. Uning dastlabki raqibi neytral maqomdagi Anastasiya Sidelnikova bo‘ladi.

Saralash:
-50 kg: Aktenge Keunimzhaeva – Oksana Livach (Ukraina)
-76 kg: Ozoda Zaripboeva – Anastasiya Alpeeva (Ukraina)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting