locale OZ

“Bu — yosh masalasi”: Nakamura nega Firuzjaga yutqazganini tushuntirdi

Amerikalik strimer va shaxmatchi Hikaru Nakamura Speed Chess Championship yarim finalida Alireza Firuzjaga nega mag‘lub bo‘lganini izohladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 “Bu — yosh masalasi”: Nakamura nega Firuzjaga yutqazganini tushuntirdi
photo: Chess Uzbekistan

Amerikalik strimer va shaxmatchi Hikaru Nakamura Speed Chess Championship yarim finalida Alireza Firuzjaga nega mag‘lub bo‘lganini izohladi.

— Menda ikkita ortiqcha piyoda bor edi va bu 100 foiz yutishim kerak bo‘lgan endshpil edi. Agar o‘sha piyodani farzinga chiqishdan to‘xtatganimda, partiyani yutgan bo‘lardim. Bundan tashqari, shohni avvalroq qaytarishim kerak edi, buni qilmaganimni o‘zim ham tushuntira olmayman — bu yoki asabdan, yoki hal qiluvchi pallada instinkt xatosi

Shu yerda u muhim bir holatga e’tibor qaratdi:

— Menimcha, shaxmatchilarda yosh o‘tishi bilan tez-tez uchraydigan narsa bor: ayrim vaziyatlarda odam ancha hissiyotga berilib ketadi.

U bunga aniq misol keltirdi:

— Yaqinda rapid va blits bo‘yicha jahon chempionatida Maksim Vashe-Lagrav va Yan Nepomnyashiy o‘rtasidagi partiyani eslang. Hal qiluvchi lahzalarda — Yan yutayotgan yoki xato qilayotgan paytlarda — yoshlik chog‘ida bo‘lmagan darajada hissiyot ko‘rsatdi. Magnusda ham shunga o‘xshash holatlar bor. O‘ylaymanki, yosh bilan bu haqiqatan ham yuz beradi.

— Nega buni aytyapman? Chunki men g5 yurishini qilganimda, boshimda “piyodani shoh bilan farzinga chiqaraman va o‘yin tugadi” degan fikr bor edi. Hatto hammasi hal bo‘lgandek, kichik g‘alaba ishorasini ham qilgan bo‘lishim mumkin. Aslida esa bunday qilish kerak emas edi.

Nakamura yana bir holatni esladi:

— Avgust oyida Esports World Cup’da Xitoylik Vey I ga qarshi yutuqli pozitsiyam bor edi. Men g‘alabani nishonlamadim, lekin haddan tashqari optimistik bo‘lib ketdim — “o‘yin tugadi” deb o‘yladim. Natijada xato qildim va o‘sha paytda partiyani boy bermay, tay-brekka chiqib ketganim chinakam mo‘jiza bo‘lgan. Agar o‘sha yutib bo‘ladigan partiyani boy berganimda, Magnus bilan yarim finalgacha ham yetib bormasdim.

— Lekin hissiyotlarni har doim ham nazorat qilib bo‘lmaydi. Match to‘rt soatdan ko‘proq davom etdi va men hammasi tugadi deb ishonib turgandim. Shuning uchun Alireza kutilmaganda f4 ga rux bilan qurbonlik qilganida, bu men uchun juda yoqimsiz syurpriz bo‘ldi va o‘sha payt butunlay o‘zimni yo‘qotdim. Bu butun match kontekstida haqiqiy fojia, chunki bu — 99 foiz hollarda yutiladigan partiya edi. Ammo yana vaqt tanqisligida noto‘g‘ri qarorlar qabul qildim.

Shunga qaramay, Nakamura raqibiga baho berishni ham unutmadi:

— Alirezaga munosib e’tirof berish kerak: men match allaqachon mening foydamga hal bo'ldi deb o‘ylagan asosiy lahzalarda u bardosh bera oldi. Ma’lum bo‘lishicha, unday emas ekan. O‘ylaymanki, oxir-oqibat shunchaki holdan toygan edim.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting