locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Bu mening kunim emasdi: Mirafzal Axtamov mag‘lubiyatdan so‘ng so‘z oldi

Jarohat sababli to‘xtatilgan jangdan keyin o‘zbekistonlik fayter ijtimoiy tarmoqda murojaat qildi
Boshqa sport turlari 17 iyn 2025 da 03:33
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Olamsport.uz

14 iyun kuni Dubay shahrida MMA bo‘yicha 971 FC turniri doirasida o‘zbekistonlik mashhur aralash yakkakurash ustasi Mirafzal Axtamov Janubiy Afrika Respublikasi vakili Adrian Sanchesga qarshi oktagonga ko‘tarildi.

Jang qizg‘in va keskin o‘tdi. Axtamov ikki raund davomida raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmagan bo‘lsa-da, uchinchi raundda olgan jarohati tufayli shifokorlar bellashuvni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Natijada g‘alaba Sanchesga berildi — bu Axtamovning professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi.

Axtamov ushbu natijaga nisbatan Instagram sahifasida shunday fikr bildirdi:

“Bu mening kunim emasdi. Raqibimni ikki raund davomida hech qanday imkoniyatsiz urdim, lekin afsuski, jarohat tufayli shifokorlar jangni to‘xtatishdi. Men buni haqiqiy mag‘lubiyat deb hisoblamayman. Yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman. Men har doim oxirigacha kurashganman va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Qolgani taqdirdan. Meni tayyorlagan murabbiylarim, sparring sheriklarim va TKMMA Fit jamoamga katta rahmat”.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting