Brayan Battl: O'zbek muxlislari hozir meni yoqtirmaydi, ammo jangdan keyin sevishadi
UFCning o'rta vazn toifasida ishtirok etuvchi amerikalik jangchi Brayan Battl 17 avgust kuni UFC 319 turnirida Nursulton Roziboyevga qarshi jang oldidan O'zbekiston haqidagi fikrlarini bildirdi.
“O'zbekiston haqida biladiganim – fanatlari juda faol. Har kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab izohlar yozishadi. Bir odam bir post ostida yigirmata izoh qoldirishi mumkin. Ular faqat O'zbekiston bayroqlari va Nursultonning GIF-rasmlarini qo'yishadi. Ingliz tilini bilishmaydi, tarjima vositasidan foydalanishadi, shuning uchun ba'zida yozganlari ma'nosiz chiqadi. Masalan: “Yakshanba Nursulton bilan jang qilasan, shuning uchun uxlash kerak!”, – deganlari ham bor. Bu yaxshi misol, ba'zilari umuman chöp-chang.
Lekin men bilaman, jangdan keyin ular meni yoqtira boshlashadi. O'shanda men ‘o'zbek xalqi chempioni’ga aylanaman”, – dedi Battl.