Brandenburg shahrida (Germaniya) baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining II bosqichi boshlandi.
Bugun Brandenburg shahrida (Germaniya) baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining II bosqichi boshlandi. Musobaqada tajribali sportchilar bilan bir qatorda yosh iste’dod egalari ham ishtirok etmoqda. Eng yosh va eng katta yoshdagi sportchilar o‘rtasidagi farq 43 yoshni tashkil qiladi. Eng katta yoshdagi atlet — 1969-yil may oyida tug‘ilgan ispaniyalik Araseli Manduina bo‘lsa, eng yosh ishtirokchi — 2011-yil sentabr oyida tug‘ilgan Milana Dushev-Yanich hisoblanadi.
Musobaqada 5 qit’adan 60 ta davlat vakili bo‘lgan jami 854 nafar sportchi qatnashadi. To‘rt kun davom etadigan bahslarda 243 ta poyga o‘tkaziladi. Parakanoe yo‘nalishida esa 159 nafar eshkak eshuvchi qatnashadi.
Jami 36 ta medal jamlanmasi uchun bahs olib boriladi: shundan 24 tasi baydarka va kanoeda eshkak eshish, 12 tasi esa parakanoe yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
Germaniya so‘nggi bor Jahon kubogi bosqichiga 2019-yilda Duysburg shahrida mezbonlik qilgan edi.
Sportchilar 2028-yilda Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi reyting ochkolari uchun kurashni davom ettirmoqda.