locale OZ

Brad Tavares UFC’ni tark etdi: o‘rta vazndagi sportchi 15 yildan so‘ng promoushen bilan xayrlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Brad Tavares UFC’ni tark etdi: o‘rta vazndagi sportchi 15 yildan so‘ng promoushen bilan xayrlashdi
Brad Tavares UFC’ni tark etdi: o‘rta vazndagi sportchi 15 yildan so‘ng promoushen bilan xayrlashdi

AQShlik tajribali jangchi Brad Tavares UFC bilan shartnomasini yangilamadi va rasmiy ravishda ligani tark etdi. Bu haqda MMA Fighting manbasi promoushen vakillariga tayanib xabar berdi.

Shu bilan 36 yoshli sportchi 15 yil ichida ilk bor UFC ro‘yxatida qolmadi. Endi u erkin agent hisoblanadi va boshqa tashkilotlardan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Biroq, kelajakda UFC’ga qaytishi ham istisno qilinmayapti — bu Tavaresning shaxsiy rejalari va liganing qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi.

Brad Tavares 2010 yilda The Ultimate Fighter realiti-shousida ishtirok etgandan so‘ng UFC’da debyut qilgan. U liga doirasida 25 ta jang o‘tkazib, 21 ta g‘alaba va 10 mag‘lubiyat qayd etgan. Tavares ko‘p marotaba kuchli 15lik sportchilarga qarshi jang qilgan va raqiblarga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan texnik va barqaror jangchi sifatida e’tirof etilgan.

Uning oxirgi jangi 2023 yil iyulida bo‘lib o‘tgan — unda u koreyalik Jun Yong Parkka ochkolar bo‘yicha yutqazgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting