locale OZ

Boysun tumanida qo‘l jangi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Boysun tumanida qo‘l jangi bo‘yicha viloyat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
PHOTO: Telegram

Surxondaryo viloyati sport boshqarmasi hamda O‘zbekiston Qo‘l jangi federatsiyasi viloyat bo‘limi hamkorligida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha yoshlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida viloyat kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa Boysun tumani Sport maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning barcha tumanlaridan 200 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etishdi. Yoshlar o‘z mahoratlarini namoyish etib, kuchli raqobat muhitida sinovdan o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tadbirda Boysun tumani hokimi Bahodir Shukurov hamda tuman rahbarlari ishtirok etib, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va bu orqali O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro arenalarda baland ko‘tarish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting