Boyovut tumanida zamonaviy sport zali foydalanishga topshirildi
Sirdaryo viloyati Boyovut tumani "Markaz" mahallasi binosi hududida ta’mirtatalab holatdagi zal zamonaviy qiyofa kasb etdi.
Viloyat hokimligi tomonidan ushbu hudud aholisi ishtirokida o‘tkazilgan "Sayyor qabul" davomida sportchilarga qulay sharoitlar yaratish maqsadida zalni ta’mirlash bo‘yicha bildirilgan taklif asosida zarur mablag‘lar ajratildi.
Zamonaviy sport inshootida 120 nafar yoshlar sportning basketbol, stritbol, boks, kurash kabi sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, qo‘shimcha yuvinish - kiyinish xonalari va murabbiylar xonalari ham tashkil etib berildi.
Sport zalining ochilish marosimida Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari Avaz Allashukurov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, faxriylar-nuroniylar hamda "Markaz" mahallasi yettiligi ishtirok etishib, kelgusida ushbu sport zalida shug‘ulllangan yoshlar orasidan ko‘plab nufuzli musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlari yetishib chiqishiga ishonch bildirishdi.
Shuningdek, tadbir davomida viloyat sport boshqarmasi tomonidan yoshlarga sport jihozlari va sport formalari topshirildi.