locale OZ

«Bosh prokuror kubogi» musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bosh prokuror kubogi» musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Фото: Спорт вазирлиги

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning kurash turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan saralab olingan polvonlar ishtirok etib, erkakalar 5 ta vazn toifasida, ayollar 4 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun murosasiz bellashdilar.

Bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy va texnik tayyorgarligi, matonati hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyish etdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, viloyat bosqichida muvaffaqiyat qozongan polvonlar musobaqaning keyingi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting