«Borussiya M» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Hozirda jamoa turnir jadvalida so‘nggidan bitta oldingi o‘rinni egallab turibdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
ФОТО: Getty images
Germaniya Bundesligasida mavsumdagi ilk murabbiylik iste’fosi ro‘y berdi.
Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi bosh murabbiy Oygen Polanskini lavozimidan ozod qildi.
Bu qaror jamoaning «Frayburg»ga qarshi uchrashuvda beshta gol o‘tkazib yuborganidan so‘ng qabul qilindi.
Endilikda «Borussiya» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha Yan-Moris Lixte bajaradi. Bu uning faoliyatida bunday vazifadagi ikkinchi tajriba bo‘ladi. Lixte 2020 yilda ham ma’lum muddat «Mayns»ni boshqargan edi.
Bundesliganing keyingi, 5-turida myonxengladbaxliklar 19 sentyabr kuni safarda «Kyoln»ga qarshi maydonga tushadi. Hozirda jamoa turnir jadvalida so‘nggidan bitta oldingi o‘rinni egallab turibdi.