locale OZ

Bolalarga quvonch ulashgan \"Tashkent Open Judo Kids Cup IV\"!

Ikki kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" majmuasida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bolalarga quvonch ulashgan "Tashkent Open Judo Kids Cup IV"!
photo: Dzyudo Uzbekistan

Ikki kun davomida poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" majmuasida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa masshtabi bo‘yicha nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Osiyo qit’asidagi eng katta bolalar turniriga aylandi. To‘rtinchi bor tashkil etilgan "Tashkent Open Judo Kids Cup IV" turnirida dunyoning 16 davlatidan kelgan 3000 nafarga yaqin dzyudochi bir nechta yosh va vazn toifasida medallar uchun tatamiga chiqdi.

Musobaqaning ikkinchi kuni U11 va U15 yosh toifasida jami 20 ta vaznda g‘olib hamda sovrindorlar aniqlandi. Shohsupaga ko‘tarilgan yosh dzyudochilar medal, kubok va "Sakura" brendi ostida ishlab chiqarilgan kimono (chempionlarga) taqdim etildi.

"Tashkent Open Judo Kids Cup IV" ishtirokchilarga yorqin his-tuyg‘ular, bebaho musobaqa tajribasi va haqiqiy dzyudo bayramini taqdim etib, o‘zining yuksak xalqaro maqomini yana bir bor tasdiqladi. Turnir sportchilarda ham, dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlarda ham iliq taassurotlar qoldirdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting