locale OZ

Bogdan Guskovning murabbiyi Krylovga qarshi jang bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC jangchisi Bogdan Guskovning murabbiyi Grigoriy Arustamyan shogirdining 26 iyul kuni Abu-Dabida ukrainalik Nikita Krylovga qarshi kechadigan jang oldidan tayyorgarligi va kutilyotgan natijalar haqida gapirdi.

– Bogdanning tayyorgarligi qanday kechmoqda?
– U avvaldan yaxshi sport formasida edi. Hozir esa janggacha bo‘lgan tayyorgarlik jarayonini olib boryapmiz. Asosiy e’tiborimizni tezkorlik va chidamlilikka qaratyapmiz — bu jangda eng muhim omillar, — dedi murabbiy.

– Jang natijasi borasida qanday taxminingiz bor?
– Biz faqat g‘alaba haqida o‘ylayapmiz. Mashg‘ulotlar ham aynan shu maqsadga yo‘naltirilgan. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.

– Guskov qanday tarzda g‘alaba qozonadi deb o‘ylaysiz: jang to‘liq davom etadimi yoki finish kutyapsizmi?
– Buni oldindan aniq aytish qiyin. Sport — bu kutilmagan voqealar maydoni. Hozir har narsani gapirish mumkin, ammo biz aniq bilamizki, Bogdan jangga tayyor. Uning qanday g‘alaba qozonishini esa oktagonda ko‘ramiz, — deya ta’kidladi Arustamyan Olamsport.com muxbiri Aziz To‘xtamurodov bilan suhbatda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting