Bogdan Guskov Yan Blahovichga qarshi jang oldidan hozirgi jismoniy holatini namoyish qildi
Ushbu jang 7 dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
FOTO: Getty Images
UFC’ning yarimog‘ir vazn (93 kg gacha) toifasida qatnashayotgan, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bogdan Guskov 7 dekabr kuni Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan UFC 323 turnirida sobiq chempion, polshalik Yan Blahovichga qarshi jang oldidan o‘zining hozirgi sport formasini namoyish etdi.
33 yoshli Guskov professional MMA’dagi debyutini 2015 yilda o‘tkazgan, 2023 yildan buyon UFC oktagonida jang qilib keladi. Dunyoning eng nufuzli promoushenida uning hisobida to‘rt g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.
O‘zbekistonlik jangchi o‘zining so‘nggi bahsida — iyul oyida bo‘lib o‘tgan UFC on ABC 9 turnirida — rossiyalik Nikita Krilovni nokautga uchratgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist