locale OZ

Bogdan Guskov UFC jangidan oldin vazn o‘lchash marosimidan muvaffaqiyatli o‘tdi

UFC on ABC 9 turniridan avval Guskov va Krilov belgilangan vazn me'yorini bajarishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Ertaga, 26 iyul kuni Abu-Dabida (BAA) UFC on ABC 9 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Bogdan Guskov o‘z jangini ukrainalik Nikita Krilovga qarshi o‘tkazadi.

Bugun o‘tkazilgan vazn o‘lchash marosimida har ikki jangchi belgilangan me'yorga to‘liq amal qilishdi — ham Guskov, ham Krilov 93 kg to‘ldirishdi.

Ushbu bellashuv 23:30 dan keyin boshlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, aslida o‘zbekistonlik Ramazon Temirovga qarshi jang qilishi rejalashtirilgan qozoqistonlik Asu Almabayev ham jangga tayyor. U va yangi raqibi — Peru vakili ham tarozidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting