locale OZ

Bogdan Guskov: Pereira va Ankalaev o‘rtasidagi revanishda intriga ko‘rmayapman

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Yarim og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov chempion Magomed Ankalaev va sobiq chempion Aleks Pereira o‘rtasidagi ehtimoliy revanj jang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“Aleks Pereira va Ankalaev o‘rtasidagi revanj jangda hech qanday intriga ko‘rmayapman. Buni Pereiraning o‘zi ham yaxshi tushunib turibdi. UFC Ramazon oyida Ankalaev uchun noqulay sharoit yaratdi, unga bosim bo‘ldi. Ammo Magomed baribir yaxshi jang ko‘rsatdi.

Pereira esa har qanday sobiq chempion kabi ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda — u Ankalaevga qarshi yana jang qilishni xohlamayapti. Menimcha, Magomedning oldidagi yagona yo‘l — og‘ir vaznga o‘tish. Yarim og‘ir vaznda unga teng raqib qolmagan. Balki yangi jangchilarni topish, yangilari bilan shartnoma tuzish vaqti kelgandir.

Revanj jangda Ankalaevning ustunligi yanada yaqqol ko‘rinadi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, Magomed revanj to‘qnashuvlarida har doim o‘zini kuchliroq ko‘rsatmoqda”, — deydi Guskov.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting