Bogdan Guskov Nikita Krilovga qarshi jangga Yangibodda tayyorgarlikni boshladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com
Yarim og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov navbatdagi jangini 26 iyul kuni Abu Dabida Ukraina vakili Nikita Krilovga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu muhim to‘qnashuvga tayyorgarlikning dastlabki bosqichini Guskov o‘zining tug‘ilgan joyi — Toshkent viloyatidagi Angren shahri hududida joylashgan Yangibod shaharchasida boshladi.
Mashg‘ulotlarda uning yaqin do‘sti va sparring sherigi — mashhur UFC jangchisi Jonni Uokerning ukasi Valter Uoker ham ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu kechada yana bir o‘zbekistonlik jangchi — Ramazon Temirov ham oktagonga ko‘tariladi. Uning raqibi qozog‘istonlik Asu Almabayev bo‘ladi.
Bakradze Iman
Redaktor