locale OZ

Bogdan Guskov ilk bor Nikita Krilov bilan bo‘ladigan jang haqida fikr bildirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Yarimog‘ir vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan UFC jangchisi Bogdan Guskov birinchi marta o‘zining bo‘lajak raqibi Nikita Krilov haqida izoh berdi.

“Krilov — yuqori darajadagi universal jangchi. U tajribali raqiblarga qarshi jang qilgan, jang qilishni yaxshi ko‘radi va tezda oktagon muhitiga moslasha oladi. Bu jang mening faoliyatimdagi eng katta sinovlardan biri bo‘ladi”, — dedi Guskov.

Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Bogdan Guskov UFC 316 doirasida 26 iyul kuni Abu-Dabida ukrainalik raqibi Nikita Krilovga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Krilov professional faoliyati davomida ham Rossiya, ham Ukraina bayroqlari ostida janglar o‘tkazgan.

Guskov uchun ushbu jang UFC’dagi nufuzini yanada oshirish va reytingda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilish uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting